Valyuta kurslari 03/03/2025
$1 – 12890.07
UZS – 0,1%
€1 – 13400.52
UZS – -0,75%
₽1 – 146.46
UZS – -1,15%
Qidirish
Texnologiyalar 28/02/2025 UZINFOCOM hamda MEEZA kompaniyasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi

UZINFOCOM hamda MEEZA kompaniyasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Doha shahri (Qatar)da "Web Summit Qatar 2025" xalqaro IT-konferensiyasida Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari ishtirok etdi. Sammit doirasida vazir o'rinbosari Rustam Karimjonov, MEEZA kompaniyasi bosh direktori Muhammad Ali Al-G'aytaniy va UZINFOCOM biznesni rivojlantirish direktori Baxtiyor Rizayev o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

MEEZA – Qatardagi yetakchi IT-xizmatlar va yechimlar yetkazib beruvchisi bo'lib, infratuzilmani boshqarish, bulutli xizmatlar, ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari uchun yechimlar va kiberxavfsizlik kabi keng qamrovli xizmatlarni taklif etadi. Kompaniya moliya, sog'liqni saqlash, davlat boshqaruvi va neft-gaz sanoati kabi turli sohalarga xizmat ko'rsatadi. MEEZA ochiq aksiyadorlik jamiyati bo'lib, uning bozor kapitalizatsiyasi 0,5 milliard AQSh dollaridan oshadi.

Hamkorlik Qatar va O'zbekiston o'rtasida IT-ta'lim, raqamli texnologiyalar va biznes jarayonlari autsorsingini rivojlantirishga qaratilgan. Tomonlar ta'lim dasturlarini ishlab chiqadilar, innovatsion yechimlarni joriy etadilar va autsorsing uchun imkoniyatlar yaratadilar, bu esa iqtisodiy o'sish va uzoq muddatli hamkorlikka hissa qo'shadi.

Kelgusida Raqamli texnologiyalar vazirligi, UZINFOCOM va MEEZA barcha tashabbuslarning uzluksiz amalga oshirilishini ta'minlash uchun birgalikda amalga oshirish tizimini yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling