Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Texnologiyalar 14/05/2025 “Uzbekistan Outsourcing Session” doirasida Yaponiya kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Uzbekistan Outsourcing Session” doirasida Yaponiya kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyaning Osaka shahrida “Uzbekistan Outsourcing Session” doirasida mashhur yapon animatsion studiyasi – Gainax Kyoto asoschilaridan biri, animatsiya sohasi mutaxassisi Takeda Yasuxiro hamda Kyoto Computer Gakuin kompaniyasi prezidenti Yoochi Terashita va Gainax kompaniyasi prezidenti Takeda Yosuxiro bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

35 yildan ortiq vaqt mobaynida ushbu sohada faoliyat yuritib kelayotgan Takeda Yaponiya animatsiya sanoatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va ko‘plab malakali mutaxassislarni yetishtirgan.

Suhbat davomida Takeda ushbu haftada O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan “Game Fest” ko‘rgazmasida ishtirok etishini ta’kidladi. U bu tadbir doirasida o‘yin va animatsiya sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar va muhokamalarda qatnashishi rejalashtirilganini bildirdi.

Shuningdek, Kyoto Computer Gakuin kompaniyasi prezidenti Yoochi Terashita va Gainax kompaniyasi prezidenti Takeda Yosuxiro bilan uchrashuvda IT sohasida ta’limni kuchaytirish, kreativ industriyani rivojlantirish, hamkorlikni yapon tili va IT kurslarini tashkil qilish, hamda birgalikda yapon kompaniyalarni O‘zbekistonga taklif qilgan holda Yaponiya IT autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish va IT Parkning rezidentlikka jalb qilishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida animatsiya hamda raqamli ijodkorlik sohalarida kadrlar tayyorlash, bilim va tajriba almashishni o‘z ichiga olgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling