Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-102 reysi bo‘yicha Nyu-Yorkdan Toshkentga yo‘naltirilgan samolyoti bortdagi yo‘lovchilardan birining tajovuzkor harakatlari sababli Qozon shahriga majburiy qo‘nish qildi.
Hodisa Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti bortida sodir bo‘lgan.
Qozonga qo‘nganidan so‘ng tartibbuzar politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Samolyot keyin o‘z yo‘lini Toshkentga davom ettirdi. Biroq, majburiy qo‘nish sababli reys 3,5 soatga kechikdi.