Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
O‘zbekiston 29/01/2025 Uzbekistan Airways samolyotida Nyu-Yorkka parvoz vaqtida bola tug‘ildi

Uzbekistan Airways samolyotida Nyu-Yorkka parvoz vaqtida bola tug‘ildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentdan Nyu-Yorkka yo‘l olgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotida bola tug‘ilishi sababli Islandiyaga majburiy qo‘nish amalga oshirildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati o‘zining Telegram-kanali orqali xabar berdi.

«Parvoz davomida yo‘lovchilardan biri to‘lg‘oqni his qildi. Bir muddat o‘tgach, o‘g‘il bola dunyoga keldi. Shu sababli ekipaj zaxira aerodromi sifatida tanlangan Islandiyaning Keplavik shahriga majburiy qo‘nish haqida qaror qabul qildi», — deyiladi xabarda.

Xayrli tomoni shundaki, samolyot bortida akusher va jarroh bo‘lib, ular zudlik bilan tug‘ruq jarayonini olib bordi.

Qo‘nishdan so‘ng tibbiyot xodimlari onani va yangi tug‘ilgan chaqaloqni zarur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun samolyotga chiqishdi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ona va chaqaloq Keplavikdagi mahalliy klinikaga yetkazilgan.

#Uzbekistan Airways  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling