Valyuta kurslari 09/01/2025
$1 – 12962.98
UZS – 0,11%
€1 – 13377.80
UZS – -0,92%
₽1 – 123.68
UZS – 2,21%
Qidirish
O‘zbekiston 08/01/2025 Uzbekistan Airways reysining yo‘lovchisi havo kemasi sahnida nomaqbul xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortildi

Uzbekistan Airways reysining yo‘lovchisi havo kemasi sahnida nomaqbul xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining HY686 reysida, 31-dekabrdan 2025-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi Sochidan Toshkentga uchgan yo‘lovchi havo kemasi sahnida odob-axloq qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortildi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu yo‘lovchi alkogolli ichimliklar iste’mol qilgan, bort kuzatuvchilarining tanbehlariga agressivlik bilan javob qaytargan, yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirgan hamda ekipaj a’zolariga nisbatan yoqimsiz xatti-harakatlarni sodir etgan.

Samolyot Toshkentga qo‘nganida, O‘zbekiston Xalqaro aeroportining Transport xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi xodimlari chaqirilib, huquqbuzarlik bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi va ish sudga oshirildi.

Sud yo‘lovchini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Jinsiy tazyiq) va 187-moddasi (Jamoat joylarida alkogolli ichimliklar iste’mol qilish) bo‘yicha aybdor deb topdi. Unga besh sutka hibs jazosi tayinlandi va 1 BHM (375 ming so‘m) miqdorida jarima solindi.

#Uzbekistan Airways  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling