Valyuta kurslari 03/03/2025
$1 – 12890.07
UZS – 0,1%
€1 – 13400.52
UZS – -0,75%
₽1 – 146.46
UZS – -1,15%
Qidirish
Iqtisod 02/03/2025 Uzbekistan Airways 2024 yilni 687 mlrd so‘m foyda bilan yakunladi

Uzbekistan Airways 2024 yilni 687 mlrd so‘m foyda bilan yakunladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yil yakuniga ko‘ra, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi 687,5 mlrd so‘m miqdorida sof foyda qayd etdi. Bu 2023 yilga nisbatan 67,4% ko‘proqdir.

Aktivlar 0,5% ga o‘sib, 17,9 trln so‘mga yetdi. Kompaniya kapitali 7,9 trln so‘mni tashkil qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,3% ga ko‘pdir.

Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining daromadi 19,9 foizga oshib, 17,5 trln. so‘mni tashkil etdi, kompaniyaning yalpi foydasi esa 21,7 foizga o‘sib,2,7 trln so‘mni tashkil qildi.

Boshqa operatsion xarajatlar 398,1 mlrddan 1,5 trln so‘mga oshdi. Valyuta kurslaridagi farqlardan olingan daromadlar 1,5 trlndan 541,1 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishdagi xarajatlar esa 2,0 trlndan 845,4 mlrd so‘mga qisqardi.

Bundan tashqari, 149,9 mlrd so‘mlik qoplanmagan zarar to‘liq qoplanib, taqsimlanmagan foyda 293,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kompaniyaning uzoq muddatli bank kreditlari yil yakunida 1,0 trln so‘mga kamayib, 6,8 trln so‘mga yetdi.

#Uzbekistan Airways  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling