Valyuta kurslari 10/01/2025
$1 – 12940.44
UZS – -0,17%
€1 – 13336.42
UZS – -0,31%
₽1 – 126.85
UZS – 2,56%
Qidirish
Iqtisod 11/01/2025 «O‘zavtosanoat» o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit bilan avtomobillarni sotishdan bosh tortganligi haqida tarqalgan ma’lumotni rad etdi

«O‘zavtosanoat» o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit bilan avtomobillarni sotishdan bosh tortganligi haqida tarqalgan ma’lumotni rad etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘qituvchilarga imtiyozli shartlarda avtomobillarni tijorat banklari orqali sotish bo‘yicha topshirig‘i rad etilganligi haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi deb xabar berdi «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Vazirlar Mahkamasining o‘qituvchilar uchun avtomobillarni tijorat banklari orqali 60 oy muddatga va 30 foiz dastlabki to‘lov bilan imtiyozli shartlar asosida xarid qilish bo‘yicha topshirig‘ini rad etgani haqida xabarlar keng tarqaldi.

“O‘zavtosanoat” AJ Vazirlar Mahkamasining topshirig‘ini rad etgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini hamda feyk xabar ekanligini ma’lum qiladi.

“O‘zavtosanoat” AJ tijorat banklari tomonidan Vazirlar Mahkamasining topshirig‘i ijrosi doirasida beriladigan imtiyozli avtokreditlar orqali avtomobillarni sotishga tayyor (tijorat banklarida jismoniy shaxslarning xaridlarini moliyalashtirish uchun kreditdan boshqa mexanizm mavjud emas).

Bundan tashqari, xatning asl nusxasida avtomobil xarid qilish uchun Asakabank, Aloqa Bank, Ipak Yo‘li Banki, InfinBANK, Biznesni Rivojlantirish Banki, Asia Allince Bank va Tenge Bank orqali turli mexanizmlar, jumladan, imtiyozli shartlarda joriy etilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zavtosanoat” AJ ijtimoiy tarmoqdagi guruh administratorlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling