Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 10-yanvarda bo‘lib o‘tgan “UzAuto Motors” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha 2024-yil 9-oy bo‘yicha taqsimlanmagan foydadan dividendlar to‘lashga 264,0 mlrd so‘m (har bir aksiya uchun 975 so‘m, ya’ni bozor narxining 1,3%) yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Taqsimlanmagan foydaning qolgan 8,6 trln so‘mi taqsimlanmagan holda qoldi.
Dividendlar 10-yanvardan 2025-yil 11-martgacha to‘lanadi. Aksiyadorlar reestrini shakllantirishning oxirgi kuni 2025-yil 3-yanvar bo‘lgan.