Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va GX-MIDNIGHT AT avtomobillari xaridi uchun savdo.uzavtosanoat.uz platformasi va UzAvtoSavdo mobil ilovasida onlayn kontraktatsiya jarayoni yakunlandi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, jami 50 017 ta shartnoma tuzilgan bo‘lib, shundan 49 858 tasi One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga, 159 tasi esa yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keladi.
Jami 9 255 dona Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va 40 762 dona Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobili realizatsiya qilindi.
Kontraktatsiya jarayoni davomida kompaniya Call-markazi orqali 1 082 mijoz murojaati qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.
UzAuto Motors fuqarolardan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishlarini, jumladan, e’lonlar joylashgan saytlar (doskalar) va boshqa tashqi servislar orqali “shartnoma sotib olish” bo‘yicha shubhali takliflarga rozi bo‘lmasliklarini qat’iy so‘raydi.
Shuningdek, UzAutoSavdo platformasida xaridor yoki diler mijozning ma’lumotlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega emasligini ta’kidlashni zarur deb hisoblaydi.