Urug'chilikni rivojlantirish markazi Turkish Genetik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Bunyod Mamarahimov Turkiyaning "Turkish Genetik" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur kompaniya qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari savdosi bo‘yicha Turkiyada yetakchi hisoblanadi. Asosan Turkiya va Yevropa mamlakatlarida yaratilgan hosildor sabzavot va yem-xashak ekinlari urug‘chiligi bilan shug‘ullanib keladi.
Tadbirkorlar sabzavot va yem xashak ekinlari urug‘larini ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlik taklifini bildi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Bunyod Mamarahimov hamkorlik shartlari va urug‘chilik sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan normativ-huquqlar bilan tanishtirdi.
Tomonlar kelgusida har ikki tomon uchun manfaatli hamkorlik aloqasini o‘rnatish bo‘yicha kelishib oldi.