Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Urganchda jamoat transporti yangilanmoqda: “Bunyod yo‘llovchi tashish” MChJga Xitoyda ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy “Zong tong” avtobuslari topshirildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Avtobuslarni xarid qilish harakat tarkibini yangilash va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish loyihasining bir qismi bo‘ldi.
Korxona tomonidan "O‘zmilliybank" AJning imtiyozli kreditlari asosida jami 80 dona "Zong tong" rusumli avtobuslarni xarid qilish yuzasidan shartnoma tuzilgan.
Loyihaning birinchi bosqichida 50 ta avtobus xarid qilingan bo‘lsa, qolgan 20 ta avtobus tez orada Urganchga yetib boradi.