Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
O‘zbekiston 21/04/2025 Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi

Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (235-son, 17.04.2025 y.) qabul qilindi

Unga ko‘ra, 2025–2030 yillarda umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

2025 yil 15 maygacha istirohat bog‘larining namunaviy loyihasi ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.

Namunaviy loyiha ishlab chiqish va ularni tashkil etishda quyidagilar nazarda tutiladi, jumladan:

bog‘larning 60 foiz hududida yashil maydon sifatida daraxt va butalar ekish, piknik zonalar, yosh bolalar uchun maxsus jihozlangan qumloqlar, ochiq osmon ostidagi kichik kutubxonalar, tasviriy va amaliy sanʼat bilan shug‘ullanish hududlari hamda tashrif buyuruvchilar tinchligini buzmaydigan boshqa elementlar orqali sokin hududlar tashkil etish;

sokin hududlarni tashkil etishda daraxt va butalarga zarar yetkazmaslik va nobud qilmaslik maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali qo‘riqlanadigan chegaralarni belgilash hamda daraxtlarni sug‘orish tizimini qayta ko‘rib chiqish va uning samarali faoliyatini taʼminlash;

velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish uchun boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan oilaviy madaniy dam olish maydonlarini barpo etish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling