Valyuta kurslari 22/01/2025
$1 – 12984.44
UZS – 0,07%
€1 – 13442.79
UZS – 0,52%
₽1 – 129.90
UZS – 1,78%
Qidirish
Texnologiyalar 20/01/2025 Ucell mobil operatori reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi

Ucell mobil operatori reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan “COSCOM” MCHJga (Ucell) nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan doimiy ravishda reklama qonunchiliga rioya qilish yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan monitoringlarda “COSCOM” MCHJ tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalanganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “COSCOM” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling