Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-dekabr kuni O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Turkiyaning RÖNESANS HOLDING kompaniyasi boshqaruvi raisi Kamil Yanikomerog‘lu bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar turk kompaniyasining mamlakatimizda DXSh asosida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama etishdi.
Kamil Yanikomerog‘lu kompaniya Toshkent – Samarqand tezyurar temir yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
"RÖNESANS HOLDING" Turkiyadagi eng yirik qurilish va investitsiya kompaniyalaridan biri bo‘lib, Gollandiya, Shvetsariya, Germaniya va boshqa bir qator mamlakatlarda o‘z filiallariga ega.