Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 24/04/2025 Turkiyalik investorlar Farg‘onada zargarlik sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashadi

Turkiyalik investorlar Farg‘onada zargarlik sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘onada “Fargo-Gold” brendi ostida zargarlik mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik investorlarni qabul qildi va uchrashuvda ayni mavzuda so‘z bordi.

Farg‘ona shahrida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Loyihaga ko‘ra, “Fargo-Gold” brendi ostida zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yil may oyidan loyiha amaliy bosqichga o‘tadi. Ushbu ishlab chiqarish orqali 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Viloyat hokimi mamlakatimizda zargarlik sanoatida katta salohiyat mavjudligini ta‘kidlab, Farg‘onada ishlab chiqariladigan mahsulotlar kelgusida xalqaro bozorlarda o‘z o‘rnini topishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, turkiyalik investorlar qurilish sohasi bo‘yicha ham Farg‘ona viloyatida yangi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar. Ularning takliflari qo‘llab-quvvatlandi va hamkorlikka tayyor ekanligi ma‘lum qilindi.lik mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling