Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonga xalqaro qidiruvda bo‘lgan, 2015-yildan beri qochqinlikda yashab kelayotgan 55 yoshli erkak deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
I.U.B. ismli fuqaro avtomobil savdosi sohasidagi ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan.
11-yanvar kuni uning O‘zbekistonga qaytarilish jarayonida Bosh konsulxona xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur shaxsning harakatlaridan zarar ko‘rgan fuqarolarni ariza bilan murojaat qilish uchun vazirlik yoki uning bo‘linmalariga murojaat etishga chaqirdi.