Valyuta kurslari 03/03/2025
$1 – 12890.07
UZS – 0,1%
€1 – 13400.52
UZS – -0,75%
₽1 – 146.46
UZS – -1,15%
Qidirish
Dunyo 22/02/2025 Turkiyada Erdo‘g‘anning Suriyadagi tinchlik diplomatiyasi haqida kitobi nashr etildi

Turkiyada Erdo‘g‘anning Suriyadagi tinchlik diplomatiyasi haqida kitobi nashr etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiya Prezidenti Maʼmuriyati Kommunikatsiyalar boshqarmasi «Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning tinchlik diplomatiyasi: Suriya namunasi» nomli kitobning nashr etilgani haqida eʼlon qildi. Kitob turk, arab va ingliz tillarida chop etilgan.

Nashr Suriya muammosini hal etish jarayonida Turkiyaning mintaqaviy va global darajadagi asosiy o‘rin tutuvchi davlat sifatidagi roliga bag‘ishlangan.

Kitobning nashr etilgani haqida Turkiya Prezidenti Maʼmuriyati Kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Faxrettin Altun o‘zining Xdagi postida maʼlum qildi.

Unga ko‘ra, Turkiya 13 yil davomida insonparvarlik tamoyillariga sodiq qolib, haqiqat va adolat tarafida bo‘lgan hamda inqirozga yechim topishga intilib kelgan.

«Bizning prezidentibiz rahbarligida biz hech qachon Suriyada tinchlik, adolat va erkinlikka bo‘lgan intilishlarimizdan voz kechmaganmiz», — dedi Altun.

Uning taʼkidlashicha, Anqara suriyaliklarni terrorchilik tashkilotlari taʼsirida qoldirmaydi va mamlakatning hududiy yaxlitligi hamda siyosiy birligini yangi tarixiy bosqichda — Bashar Asad rejimi ag‘darilgandan so‘ng ham qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling