Turizm qo‘mitasi raisi va Belarus elchisi turizm sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 14-mart kuni Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiyev Belarus Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi A.Ogorodnikov bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida davlatlar o‘rtasida sayyohlik oqimini oshirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda raqamli platformalar orqali turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar, o‘zaro tajriba almashish, yangi loyihalarni amalga oshirish va ko‘rgazmalarda ishtirokni kengaytirishga kelishib oldilar.