Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Dunyo 10/04/2025 Tramp 75 ta davlatga nisbatan bojxona bojlari joriy etilishini vaqtincha to‘xtatdi

Tramp 75 ta davlatga nisbatan bojxona bojlari joriy etilishini vaqtincha to‘xtatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida mamlakat 75 dan ortiq davlatga nisbatan joriy etilishi rejalashtirilgan o‘zaro (aynan) bojlarni vaqtincha to‘xtatganini eʼlon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror ushbu davlatlarning murojaatlari va uning shaxsiy tashabbusi asosida qabul qilingan. Shu munosabat bilan, ular AQSHga nisbatan javob choralari ko‘rmagan va endi Amerika 90 kunlik tanaffus joriy qilmoqda. Bu muddat mobaynida o‘zaro tariflar 10 foizga sezilarli darajada pasaytiriladi. Bu chora-tadbir darhol kuchga kiradi.

Shu bilan birga, Tramp Xitoyga nisbatan bojlar miqdorini 125 foizga oshirishini maʼlum qildi va Pekinni "jahon bozorlariga hurmatsizlik"da aybladi. O‘tgan hafta AQSH Xitoy mahsulotlariga 54 foizlik boj joriy qilgan edi. Bunga javoban Xitoy Amerika tovarlariga 34 foizli tarif joriy etdi.

Bundan so‘ng Vashington bojlarni 104 foizgacha oshirdi, Xitoy esa o‘z navbatida tarifni 84 foizgacha ko‘tardi.

2 aprel kuni Tramp boshqa davlatlardan keltiriladigan import tovarlariga nisbatan o‘zaro bojlar joriy etilishini eʼlon qilgan edi. Asosiy stavka 10 foizni tashkil etadi, biroq har bir davlat uchun bu miqdor individual ravishda belgilanadi va ularning Amerika tovarlariga qo‘llayotgan tariflarining yarmiga teng bo‘ladi.

AQSH prezidenti bojlarni joriy etish mamlakatning iqtisodiy mustaqilligiga erishish va davlat qarzini kamaytirishga yordam beruvchi qadam ekanini taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling