Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
“ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi

“ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi

“ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–274-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi.

Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi

2025/2026 o‘quv yilidan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 1 yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.

2026/2027 o‘quv yilidan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.

2027/2028 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlari joriy etiladi.

Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.

2029/2030 o‘quv yiligacha o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling