Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jamoat transportida naqd pulsiz to‘lov tizimining joriy etilishi natijasida Toshkent aholisi 1,8 milliard so‘m tejashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda ATTO direktori Davron Shoyoqubov ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1,5 milliondan ortiq transport kartalari va 25 million bank kartalari ro‘yxatga olingan. Bu esa naqd pulsiz to‘lovlar tizimini yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.
Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi rahbari Mirakbar Ikramovning ta’kidlashicha, naqd pulsiz to‘lov tizimi nafaqat yo‘lovchi tashishdan tushgan daromadlarning shaffofligini oshiradi, balki yo‘lovchi oqimini tahlil qilish orqali yo‘nalishlarni optimallashtirishga ham yordam beradi.
Shahar aholisi va mehmonlariga yo‘l haqini Visa, Mastercard, ATTO, Humo va boshqa to‘lov tizimlari orqali yo‘l xakini to‘lash mumkinligi eslatildi.
2025-yilning yanvaridan boshlab Toshkentda naqd pul orqali to‘lash imkoniyatiga egalar.