Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, bugun Toshkent shahriga uchta zamonaviy to‘rt vagonli metro poyezdi yetkazib berildi. Texnik sinovlar (9-10 kun) o‘tkazilgandan so‘ng, ular liniyalarga chiqadi. Bu esa harakatlanish intervallarini qisqartirish imkonini beradi.
2025-yil yanvar-fevral oylarida yana olti ta metro poyezdi keltirilishi kutilmoqda. Umuman olganda, bu chora-tadbirlar podvijnoy tarkibni yangilash va poyezdlar o‘rtasidagi intervalni kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.