Valyuta kurslari 03/03/2025
$1 – 12890.07
UZS – 0,1%
€1 – 13400.52
UZS – -0,75%
₽1 – 146.46
UZS – -1,15%
Qidirish
O‘zbekiston 01/03/2025 Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi: 5 kishi qutqarildi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi: 5 kishi qutqarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan tarqalgan videolarda uyning bir fuqarosi tirik qolish maqsadida oyna ramkasidan ushlab turgani aks etgan.

Hodisa yuzasidan poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, portlash bugun taxminan soat 15:23 da Qorasuv-4 massivida sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga FVB xodimlari tezkor tarzda yetib kelgan.

Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Hozircha 5 kishi qutqarilgani haqida maʼlumot bor, ammo jabrlanganlar to‘g‘risida hali rasmiy axborot kelib tushmagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling