Valyuta kurslari 15/09/2025
$1 – 12426.83
UZS – -0,16%
€1 – 14566.73
UZS – 0,14%
₽1 – 146.96
UZS – 0,6%
Qidirish
Toshkentda zamonaviy “ISUZU CITIPORT CNG” avtobusi sinov tariqasida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Turkiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy ISUZU CITIPORT CNG avtobusi sinov tariqasida harakatlana boshlaydi.

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avtomobil Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida keltirilgan mazkur avtobus 77-yo‘nalishda sinov tariqasida qatnaydi.

Avtobus katta sig‘imga ega, siqilgan tabiiy gazda harakatlanadi va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Sinov davomida uning texnik imkoniyatlari va qulaylik darajasi o‘rganib boriladi.

Poytaxtimizdagi jamoat transportida zamonaviy avtobuslardan foydalanish bosqichma-bosqich kengaymoqda, ISUZU CITIPORT CNG ning ishga tushirilishi avtoparkni yangilash va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish dasturi doirasida ko‘rilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling