Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 19/05/2025 Toshkentda patrul xizmat inspektoriga hujum qilgan gumonlanuvchi qo‘lga olindi

Toshkentda patrul xizmat inspektoriga hujum qilgan gumonlanuvchi qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19 may kuni soat taxminan 18.30 larda Yunusobod tumani Yunusobod Dehqon bozori hududida xizmat olib borayotgan Yunusobod tumani IIO FMB Post-patrul xizmati inspektori safdor I.Ibragimov yer osti tushish yo‘li oldida o‘tib ketayotgan fuqaro o‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otganligi sababli, uni to‘xtatib tekshirayotgan vaqtida, yonida bo‘lgan pichoq bilan to‘satdan xodimga hujum qilib, bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan.

Xodim tezkorlik bilan kasalxonaga yotqizilib, uning hayotini saqlab qolishga erishilgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumondor shaxs ushlanib, aniqlanishicha, u 1963 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati Paxtakor tumani yashovchi Xasanov Akrom Tursunovich bo‘lib, 2005 yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turadi.

Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25-97 moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling