Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
O‘zbekiston 11/12/2024 Toshkentda O‘zbekistonning UNIСEF bilan hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekistonning UNIСEF bilan hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda O‘zbekistonning BMT Bolalar jamg‘armasi (UNIСEF) bilan hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva ishtirok etdi.

T.Narbayeva o‘z nutqida ulg‘ayib borayotgan avlod manfaatlari yo‘lida birgalikda ishlarni davom ettirish muhimligini taʼkidladi.

Tadbir davomida o‘ttiz yillik hamkorlik davomida bolalarning hayot sifatini yaxshilash, taʼlim vа tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, ularni zo‘ravonlik vа kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan ko‘plab loyihalar amalga oshirilgani taʼkidlandi.

UNIСEF kompleks dasturlarni amalga oshirish uchun texnik yordam ва resurslar taqdim etish orqali O‘zbekistonning bolalar uchun qulay muhit yaratish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu hamkorlik mamlakatimizda bolalar huquqlari sohasida халқаро standartlarni ilgari surish, shu jumladan, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini hayotga tatbiq etishda muhim omil bo‘ldi.

O‘zbekistonda ko‘p yillardan buyon yosh avlodning kamol topishi uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda Prezident Sh. Mirziyoyev boshchiligida bolalar huquq ва manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bolalarning huquq ва manfaatlarini taʼminlashning huquqiy ва institutsional asoslari izchil takomillashtirilmoqda. So‘nggi yillarda yosh avlodni himoya qilish, ularning farovonligini taʼminlash ва barkamol rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qator muhim qonunlar ва normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

2024-yil noyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu bolalar huquqlarini himoya qilish milliy tizimini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi. Ushbu hujjat zo‘ravonlikning barcha shakllarini taqiqlaydi vа ularni sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishini nazarda tutadi.

Respublikada inklyuziv taʼlim tizimi ham faol rivojlanmoqda, sog‘liqni saqlash, bolalarni ijtimoiy himoya qilish vа o‘qitish sohasida keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilmoqda.

UNIСEF bilan hamkorlik sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, taʼlim kabi boshqa muhim yo‘nalishlarda davom ettiriladi. Har bir bolaga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan xavfsiz, sog‘lom ва farovon muhit yaratishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar O‘zbekistonning bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi халқаро standartlarga sodiqligidan vа mamlakatimizning bolalar manfaatlari ishonchli himoya qilinadigan shart-sharoitlar yaratishga intilishidan darak beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling