Valyuta kurslari 21/11/2024
$1 – 12855.93
UZS – 0,09%
€1 – 13570.72
UZS – 0,15%
₽1 – 128.16
UZS – -0,11%
Qidirish
O‘zbekiston 20/11/2024 Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi

Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxt aeroportini rekonstruksiya qilish doirasida qurilish-montaj ishlarining navbatdagi bosqichi amalga oshirilmoqda. Xususan, uchib kelish zalini kengaytirish ishlari boshlandi.

Shu sababli, zalning chap tomonidan yo‘lovchilarning chiqishi to‘xtatiladi. Endilikda uchib kelganlar binodan to‘g‘riga qarab chiqishadi. Qurilish vaqtida xavfsizlikni ta’minlash uchun vaqtinchalik usti yopiq yo‘lak quriladi. Kutib oluvchilar zali odatdagi rejimda ishlaydi.

Loyihaga ko‘ra, bino fasadini oldinga surish hisobiga uchib kelish zali maydoni 2500 kv.m ga oshadi. Hozirda mavjud zal maydoni 5300 kv.m. Ushbu bosqich yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratishni o‘z ichiga oladi.

Rekonstruksiya Ishlarini 2025-yilning may oyida yakunlash rejalashtirilgan, shundan so‘ng qurilish ishlarining yakuniy bosqichi boshlanadi, unda uchib ketish va kelish zallarini birlashtirish nazarda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida soatiga 2400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yirik yagona aeroport majmuasini yaratish imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling