Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Nomaqul ob-havo sharoitlari (tuman) tufayli Toshkent xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilishda cheklovlar joriy etildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Bir nechta reyslar zaxira aerodromlariga yo‘naltirildi:
Silk Avia aviakompaniyasining Farg‘ona–Toshkent yo‘nalishidagi US402 reysi Samarqandga;
Uzbekistan Airwaysning Bishkek–Toshkent yo‘nalishidagi HY778 reysi Samarqandga;
UTair aviakompaniyasining Surgut–Toshkent yo‘nalishidagi UTA-709 reysi Samarqandga;
Centrum Air aviakompaniyasining Dubay–Toshkent yo‘nalishidagi MFX-352 reysi Samarqandga.
Shuningdek, Uzbekistan Airwaysning Grozniy–Toshkent yo‘nalishidagi HY9702 reysi Buxoro zaxira aerodromiga yo‘naltirildi.