Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 11/08/2025 Toshkent viloyatida “Uzum sayli” festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkent viloyatida “Uzum sayli” festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 22-23-avgust kunlari Parkent tumanida “Uzum sayli” festivali tashkil etiladi.

Tadbirning asosiy maqsadi - sayyohlar oqimini oshirish, uzumchilik va vinochilik yo‘nalishida tajriba almashinish, eko turizm mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish hamda xorijiy sarmoyalarni respublikaga jalb qilishga qaratilgan.

Festivalda respublikaning barcha viloyatlaridan fermer xo‘jaliklari, enoturizm yo‘nalishidagi tadbirkorlar va turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi.

Tadbirda qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari ko‘rgazmalari, uzumchilik yo‘nalishidagi xalqaro konferensiya va anjumanlar o‘tkaziladi.

Festivalning madaniy qismidan esa milliy folklor jamoalari, estrada san’atkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi keng ko‘lamli madaniy dastur o‘rin olgan.

Shu munosabat bilan, bo‘lib o‘tadigan “Uzum sayli” xalqaro festivaliga turistik tashkilotlar, mehmonlar, sayyohlar va mahalliy aholi taklif etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling