Valyuta kurslari 18/08/2025
$1 – 12547.38
UZS – -0,27%
€1 – 14665.38
UZS – -0,22%
₽1 – 157.02
UZS – -0,46%
Qidirish
O‘zbekiston 15/08/2025 Toshkent viloyati va Boshqirdiston ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda

Toshkent viloyati va Boshqirdiston ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Boshqirdiston Respublikasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi tayinlangan rahbar Albert Shayxutdinovni qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildi. Xususan, iqtisodiyot, ilm-fan va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va istiqbolli yo‘nalishlar masalasida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Boshqirdiston Respublikasida asalarichilik sohasi yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, ayni yo‘nalishda Toshkent viloyatida ham yetarlicha salohiyat mavjud. Uchrashuv davomida ushbu sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ikki viloyat hamkorligida ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etish, tayyor mahsulotlarni xalqaro bozorga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Viloyat hokimi Albert Shayxutdinovni yangi lavozimi bilan tabriklab, unga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Tomonlar belgilangan yo‘nalishlarda aniq rejalarni ishlab chiqishga va amaliy ishlarni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling