Valyuta kurslari 05/03/2025
$1 – 12903.33
UZS – 0,05%
€1 – 13562.69
UZS – 0,84%
₽1 – 144.48
UZS – -0,12%
Qidirish
Birjalar 04/03/2025 “Toshkent” RFB 2024 yilni 12,3 mlrd so‘mlik sof foyda bilan yakunladi

“Toshkent” RFB 2024 yilni 12,3 mlrd so‘mlik sof foyda bilan yakunladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent” respublika fond birjasi 2024 yilni 12,3 mlrd so‘mlik sof foyda bilan yakunladi. 2023 yilda esa 467,1 mln so‘mlik zarar qayd etilgan edi.

Mazkur rekord moliyaviy natijalar savdo hajmi va sof daromadning ortishi, shuningdek, foizli daromadlarning keskin o‘sishi hisobiga erishildi. Bir yil ichida foizli daromadlar 0,7 mlrd so‘mdan 3,7 mlrd so‘mga yetdi.

2024 yilda birjadagi umumiy savdo hajmi 21,95 trln so‘m ($1,7 mlrd) ga yetdi, bitimlar soni esa 498 381 taga ko‘paydi.

Solishtirish uchun, 2023 yilda bu ko‘rsatkichlar 2,89 trln so‘m va 411 870 ta bitimni tashkil etgan.

Birjaning umumiy daromadi 213% ga o‘sib, 33,9 mlrd so‘m ni tashkil qildi, valoviy foyda esa 283,8% ga oshib, 20,4 mlrd so‘m ga yetdi.

Yil yakuniga ko‘ra, birjaning aktivlari 13,9% ga oshib, 81,3 mlrd so‘m ga yetdi, kapital hajmi esa 10,2% ga o‘sib, 78,4 mlrd so‘m ni tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling