Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
Iqtisod 18/11/2024 “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida yangi poyezd qo‘yiladi

“Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida yangi poyezd qo‘yiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan yangi poyezd qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Mazkur dizel poyezdi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ shartnomasi asosida qurilgan bo‘lib, tarkibi 12 ta vagondan iborat, bundan 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor. (Biznes-klass o‘rindiqlari yo‘nalish bo‘yicha o‘zgaradi). Hozirda poyezd mazkur yo‘nalishda sinovdan o‘tkazish jarayonida.

Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat bo‘lib, 592 km masofani bosib o‘tadi. Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshiriladi.

Vagonlar afzalliklari ularning qulayligidan tashqari, yozda sovutish tizimi boshqa vagonlardan farqli ravishda ular to‘xtab turganda ham ishlashda davom etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling