Toshkent aeroporti yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Toshkent aeroporti yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent aeroporti yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent aeroporti yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1 avgust kuni kechqurun Toshkent xalqaro aeroportining P7 avtoturargohiga tutash yashil hududda yongʻin sodir boʻldi.

Soat 18:17 da avtoturargoh xodimi quruq o’t tutayotganini payqagan va o‘z vaqtida yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar bergan. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, soat 18:21 da voqea joyiga Aeroport yong‘in xavfsizligi xizmatining ikkita o‘t o‘chirish brigadasi yetib keldi. Soat 18:32 da yong‘inni tezroq bartaraf qilish uchun shahardan yana bir brigada jalb qilingan.

O‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida soat 18:37 ga kelib yong‘in to‘liq o‘chirildi. Qurbonlar yo‘q, aeroport va avtoturargoh infratuzilmasi zarar ko‘rmagan.

Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling