Tokio Metropoliten Gubernatori bilan texnologiya sohasidagi hamkorlik masalalari muhokoma qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tokio shahrida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Tokio Metropoliten hokimiyati gubernatori Yuriko Koike bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Vazir Sherzod Shermatov Tokioda IT Parkning Yaponiyadagi vakolatxonasi ochilganini muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov texnologiya sohasida xalqaro hamkorlik muhimligini ta’kidladi. Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik ilg‘or yechimlar almashish uchun yangi ufqlarni ochib, har ikki mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
Gubernator Tokioda ikki mamlakat o‘rtasidagi IT hamkorligini mustahkamlash, innovatsiyalar, startaplarni qo‘llab-quvvatlash va IT xizmatlarini eksport qilish sohasida hamkorlik qilish uchun muhim tashabbus va munosabatlarni yangi bosqichi ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonni Mintaqaviy IT-hubga aylantirish bo‘yicha olib borilayotgan salmoqli ishlar hamda Tokioni global innovatsiya markazi sifatida mustahkamlashga xizmat qiladigan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.