Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Timur Ishmetov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Raisi lavozimiga tayinlanishi mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev uning nomzodini Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi. Hozirda Timur Ishmetov Prezidentning iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.
Avvalroq, Prezidentning taklifi asosida Senat Kengashi Mamirizo Nurmuratovni Markaziy Bank Raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. U ushbu lavozimni 2017 yildan buyon egallab kelgan.