Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Moliya 24/04/2025 Tencent Cloud va O‘zbekiston Markaziy banki WeChat Pay va QR to‘lovlar integratsiyasini muhokama qildi

Tencent Cloud va O‘zbekiston Markaziy banki WeChat Pay va QR to‘lovlar integratsiyasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bankda Xitoyning yirik texnologik kompaniyasi “Tencent Holdings Ltd” tarkibiga kiruvchi “Tencent Cloud International” delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mamlakatimizdagi raqamli texnologiyalar va bulutli infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar “Tencent Holdings Ltd” tarkibidagi “WeChat Pay” raqamli to‘lov tizimini O‘zbekistondagi mahalliy to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilish, QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar to‘lov tizimlari sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling