Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
Texnologiyalar 28/12/2024 Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev telekommunikatsiyalar sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, respublikada telekommunikatsiya tarmoqlari davlat va xususiy mulk shaklida bo‘lishi mumkin. Bunday tarmoqlarning barcha egalari teng huquqlarga ega bo‘lib, qonunchilikda belgilangan huquqiy himoyadan birdek foydalanadilar.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari belgilangan maqsadiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga bo‘linadi.

Aloqa liniyasi umumiy foydalanish, idoraviy, ajratilgan, shu jumladan umumdavlat vazifalarini bajaruvchi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ajralmas qismidir.

Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir.

Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari barcha foydalanuvchilarga belgilangan sifatga ega universal xizmatlarni litsenziya doirasida cheklanmagan tarzda ko‘rsatadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling