Valyuta kurslari 24/12/2024
$1 – 12902.00
UZS – 0,07%
€1 – 13428.40
UZS – 0,31%
₽1 – 127.60
UZS – 1,3%
Qidirish
Moliya 23/12/2024 TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun mamlakatdagi ilk to‘liq raqamli bank servisi – TBC Business’ni ishga tushirmoqda

TBC Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun mamlakatdagi ilk to‘liq raqamli bank servisi – TBC Business’ni ishga tushirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy Osiyodagi raqamli banking yetakchi ekotizimi TBC Uzbekistan O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes (KO‘B) uchun birinchi to‘liq raqamli bank servisi - TBC Business ishga tushirilishini e’lon qiladi.

 Ushbu qadam TBC mahsulotlari qatorini kengaytirish, yangi mijozlar segmentlariga chiqish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish strategiyasining bir qismidir. TBC Business yangi servisi konsepsiyasi - bu mijozlarga barcha bank va tegishli amaliyotlarni masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi oddiy, tezkor va qulay tranzaksiya xizmatidir

"Qisqa muddat ichida jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sohasida sezilarli yutuqlarga erishib, endi biznes uchun xizmatimizni ishga tushirayotganimizni e’lon qilishdan g‘oyat mamnunmiz.

Ushbu mahsulot O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesga bank xizmati ko‘rsatish haqidagi tasavvurni butunlay o‘zgartiradi. Mamlakatda birinchi bo‘lib kichik va o‘rta biznes uchun to‘liq raqamli bankingni taklif qilar ekanmiz, biz mijozlarga ma’muriy vazifalarga emas, balki biznesni rivojlantirishga e’tibor qaratish imkonini beradigan samarali vositalarni taqdim etamiz. TBC Business’ning ishga tushirilishi O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun moliyaviy xizmatlarni transformatsiya qilishda muhim qadam bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shadi. O‘zbekistonning demografik salohiyati va tadbirkorlik rivojlanishini inobatga olgan holda, biz yangi xizmat uchun katta istiqbollar borligini ko‘ryapmiz", — deya ta’kidladi TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani.

TBC Uzbekistan texnologik platformasi va davlat xizmatlarining keng ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish natijasida TBC Business’da mavjud bo‘lgan to‘liq raqamli ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bozorda analoglari yo‘q va foydalanuvchilar uchun maksimal qulaylikni ta’minlaydi. Hisob ochish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, ma’lumotlarni tekshirish esa avtomatik tarzda amalga oshiriladi - hujjatlarni taqdim etish shart emas.

Shuningdek, platformada, ishga tushirish paytida, kecha-yu kunduz to‘lov qilish, kommunal va davlat xizmatlari uchun to‘lovni bir zumda amalga oshirish, shablonlar avtomatlashtirilgan holda tezkor to‘lovlar, xodimlarning akkauntga kirish huquqlarini sozlash va boshqa imkoniyatlar taqdim etilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling