Tataristonda yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tataristonning Zayinsk tumanida 5 sentyabr kuni «Naberejniye Chelni – Almetyevsk» yo‘lining 38-chaqirig‘ida Daewoo Nexia yengil avtomobili va MAN yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
O‘zbekistonning Qozondagi konsulligi maʼlumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar 35, 33 va 30 yoshli erkaklar bo‘lib, barchasi Namangan viloyatida tug‘ilgan. Jasadlar Migratsiya agentligi hisobidan vataniga qaytariladi.
Diplomatik vakolatxona holat nazorat ostida ekanini va mahalliy hokimiyat idoralari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganini maʼlum qildi. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.