Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Tashabbus byudjetining ikkinchi mavsumi g‘oliblariga 3,2 trillion so‘m ajratildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 31 avgust kuni “Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida 2025-yilning ikkinchi mavsumi loyihalari bo‘yicha ovoz berish yakunlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ovoz berish davrida mamlakat aholisi 11,13 milliondan ortiq ovoz bergan.
Ko‘rib chiqish uchun jami 22 263 ta tashabbus taqdim etilgan bo‘lib, ulardan 18 734 tasi dastlabki saralashdan o‘tgan.
Ovoz berish natijasida jami 3,2 trillion so‘mlik 2332 ta loyiha g‘olib deb topildi.