Valyuta kurslari 07/05/2025
$1 – 12924.92
UZS – -0,1%
€1 – 14620.67
UZS – -0,36%
₽1 – 159.94
UZS – 0,76%
Qidirish
Sport 12/04/2025 Surxon Arena keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng eshiklarini ochdi

Surxon Arena keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng eshiklarini ochdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Termiz shahrida Surxon Arena stadionining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. 2023 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda Eriell Group kompaniyasi bosh homiyligida amalga oshirilgan qayta taʼmirlash loyihasi sport infratuzilmasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi.

Termizning markaziy qismida joylashgan yangilangan stadion endilikda eng yuqori standartlarga javob beradi. Tribunalarning umumiy sig‘imi 10 599 tomoshabinni tashkil etadi, bu esa “Surxon” futbol klubining muxlislari uchun barcha qulayliklarni yaratadi.

“Surxon” — 1968 yilda asos solingan va O‘zbekiston Superligasida ishtirok etadigan mamlakatning eng qadimiy jamoalaridan biri. Bir necha mavsum mobaynida o‘z maydonida o‘ynay olmagan klub, endi o‘z uyiga — yangi shakldagi arenasiga qaytmoqda. Bu yerda uni nafaqat sodiq muxlislari, balki prinsipial tarzda yangilangan infratuzilma kutib turibdi.

Surxon Arena‘dagi asosiy yangilanishlar:

FIFA talablariga javob beradigan yuqori sifatli tabiiy gazon

Kechki o‘yinlarni o‘tkazish uchun zamonaviy yoritish tizimi

Tomoshabinlar uchun qulay va keng ko‘lamli ko‘rinishga ega tribunalar

Yangilangan ichki xonalar — kiyinish xonalari, matbuot markazi va texnik xodimlar uchun maydonlar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan rekonstruksiya ishlari yuqori baholandi. Mutasaddilar fikricha, yangilangan Surxon Arena nafaqat asosiy jamoa, balki yoshlar va ayollar jamoalari rivoji uchun ham kuchli turtki bo‘ladi.

Arena rekonstruksiyasi mintaqada sportni ommalashtirish va rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Termiz shahrida endi iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va yuqori darajadagi musobaqalarni o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Joriy mavsumda muxlislarni muhim o‘yinlar kutmoqda:

O‘zbekiston Superligasi:

6-tur: “Surxon” – “Navbahor”

8-tur: “Surxon” – “Paxtakor”

10-tur: “Surxon” – “So‘g‘diyona”

O‘zbekiston Kubogi:

“Dinamo” va “Lochin” jamoalariga qarshi uchrashuvlar

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling