Stokgolm savdo palatasi Arbitraj institutining bosh kotibi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-fevral kuni Adliya vazirligida Stokgolm savdo palatasi (SCC) Arbitraj institutining bosh kotibi Karoline Falkoner bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari, xususan, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Dastavval, Oʻzbekistonda arbitraj institutini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar, soʻnggi tendensiyalar haqida maʼlumot berildi. Jumladan, 2021-yilda yangi “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisidagi”gi Qonun qabul qilinib, unda tijorat nizolarini hal qilish tartibiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilganligi qayd etildi. Ushbu qonun arbitraj jarayonlariga ishonchni oshirishga va arbitraj institutlarini rivojlantirishga qaratilgan.
K. Falkoner, oʻz navbatida Oʻzbekistonda arbitraj institutini rivojlantirish sohasidagi islohotlarni yuqori baholadi. Stokgolm savdo palatasi arbitraj institutining afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berdi. Jumladan, SCC arbitraj institutining nizomi oʻzbek tiliga tarjima qilinib, institutning rasmiy saytiga joylanganini aytib oʻtdi.