Valyuta kurslari 04/01/2025
$1 – 12915.18
UZS – 0,08%
€1 – 13291.01
UZS – -1,13%
₽1 – 115.31
UZS – -8,85%
Qidirish
O‘zbekiston 02/01/2025 SSV: Yangi yilning birinchi sutkasida 1641 nafar chaqaloq dunyoga keldi

SSV: Yangi yilning birinchi sutkasida 1641 nafar chaqaloq dunyoga keldi 

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2018-yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilda 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar, 2021-yilda 1644 nafar, 2022-yilda 2316 nafar, 2023-yilda 2155 nafar, 2024-yilda esa 1859  nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.

2025-yil 1-yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning: 845 nafari qiz, 796 nafari o‘g‘il.

Eng ko‘p chaqaloq Farg‘ona viloyatida (244 nafar) tug‘ildi. 

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda: Samarqand viloyati — 186 nafar, Qashqadaryo viloyati — 181 nafar, Surxondaryo viloyati — 172 nafar, Toshkent viloyati — 150 nafar, Toshkent shahri — 139 nafar, Andijon viloyati — 90 nafar, Jizzax viloyati — 87 nafar, Buxoro viloyati — 86 nafar, Xorazm viloyati — 83 nafar, Qoraqalpog‘iston R. — 71 nafar, Namangan viloyati — 65 nafar, Sirdaryo viloyati — 45 nafar, Navoiy viloyati — 42 nafar. 

Dunyoga kelgan ushbu bolalar orasida 23 egizak (jami 47 nafar bola) bor, ya’ni 22 tasi (44 nafar bola) ikki homilalik, 1 tasi (3 nafar bola) esa uch homilalik egizakdir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling