Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
Moliya 29/11/2024 Sohar International Markaziy bank bilan mamlakat bozoriga kirish rejalarini muhokama qildi

Sohar International Markaziy bank bilan mamlakat bozoriga kirish rejalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank rahbariyati bilan uchrashuvda Sohar International kompaniyasining O‘zbekiston bank bozoriga kirish rejalari hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Sohar International vakillari bankning strategik qarashlarini taqdim etdilar va O‘zbekiston bank tizimining yuqori investitsion salohiyatini ta’kidlab, mamlakat bozoriga kirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

O‘z navbatida, Markaziy bank moliya bozorini yanada rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va bank sohasiga xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling