Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Sport 20/04/2025 Shomurodovning 4-daqiqada urgan goli “Roma”ga g‘alaba keltirdi

Shomurodovning 4-daqiqada urgan goli “Roma”ga g‘alaba keltirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriyasining 33-turi doirasida “Verona”ga qarshi o‘yinda jamoasiga muhim g‘alaba olib keldi.

Futbolchi ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 4-daqiqada hisobni ochdi. U Matias Saule tomonidan o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni aniq zarba bilan bo‘sh darvozaga yo‘lladi.

Eldor maydonda 82 daqiqa to‘p surdi va so‘ngra uning o‘rnini Stefan El-Shaaravi egalladi. Yakuniy hushtakgacha hisob o‘zgarmadi — “Roma” minimal g‘alabaga erishdi va jamoa xazinasiga navbatdagi uch ochkoni qo‘shib qo‘ydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling