Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Bosh kotibi Nurlan Yermekboyevning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, tashkilotga a’zo davlatlar viza tizimlarini liberalizatsiya qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.
2024–2025-yillar uchun qo‘shma harakatlar rejasi doirasida turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, uning muhim yo‘nalishlaridan biri vizalarni soddalashtirish tartibini ko‘rib chiqishdir.
Yermekboyevning so‘zlariga ko‘ra, hozircha barcha SHHT davlatlari uchun to‘liq vizasiz rejimni joriy etish emas, balki vizalarni soddalashtirish haqida gap ketmoqda, chunki ko‘pgina vizasiz kelishuvlar ikki tomonlama asosda tuziladi.
Shuningdek, ayrim SHHT mamlakatlari allaqachon bunday kelishuvlarni amalga oshirish ustida ish olib borayotganini, ba’zilari esa ularni joriy qilganini ta’kidladi.
Masalan, Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi kelishuv 2025-yil 1-apreldan kuchga kiradi. Shuningdek, 2024-yilda Eron 28 mamlakat, jumladan, bir qator SHHT davlatlari fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi. 2024-yilda Belarus SHHTning o‘ninchi to‘liqqonuniy a’zosi bo‘ldi.