SHHT bosh kotibi O‘zbekistonga tashrifini boshladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4 martdan 7 martgacha Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) bosh kotibi Nurlan Yermekboyev Markaziy Osiyo davlatlariga rasmiy safar doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
SHHT matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan mamlakat rahbariyati va tashqi siyosat idorasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan. Shuningdek, Yermekboyev yetakchi tahliliy markazlardagi «davra suhbatlari» va qator ommaviy tadbirlarda ishtirok etadi.
O‘zbekistondan so‘ng, SHHT bosh kotibi 14–15 mart kunlari Tojikistonga, 17–19 mart kunlari esa Qirg‘izistonga yo‘l oladi. Avvalroq, u yanvar-fevral oylarida Rossiya, Belarus va Hindistonga tashrif buyurgan edi. Bundan tashqari, tashkilotga aʼzo boshqa davlatlarga ham safarlar rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning avgust-sentyabr oylari Xitoyda bo‘lib o‘tadi.