Valyuta kurslari 05/12/2024
$1 – 12813.04
UZS – -0,1%
€1 – 13457.54
UZS – -0,27%
₽1 – 122.60
UZS – 1,34%
Qidirish
Iqtisod 25/11/2024 Sherzod Qudbiyev «Yandeks» kompaniyasining bosh direktori bilan fiskalizatsiya masalasini muhokama qildi

Sherzod Qudbiyev «Yandeks» kompaniyasining bosh direktori bilan fiskalizatsiya masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev «Yandeks» kompaniyasining global bosh direktori Daniil Shuleyko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda taksi agregatorlari orqali yo‘lovchilar tashish sohasida fiskalizatsiya natijalari muhokama qilindi. Soliq ma’muriyatchiligining shaffof mexanizmlarini joriy etish soliq tushumlarining hajmini sezilarli darajada oshirishga imkon berdi.

2024-yilda soliq tushumlari summasi 100 milliard so‘mni tashkil etishi rejalashtirilgan edi. Ammo 10 oy davomidayoq 125 milliard so‘mlik tushum ta’minlandi. Bu esa qo‘shma ishlarning samaradorligi va ushbu sohada shaffof soliq instrumentlarini joriy qilish muhimligini tasdiqlaydi.

Tomonlar bozorning shaffofligini ta’minlash va xizmatlar sektorining boshqa yo‘nalishlarini qonuniylashtirishga qaratilgan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling