Valyuta kurslari 02/05/2025
$1 – 12900.00
UZS – -0,16%
€1 – 14595.06
UZS – -0,59%
₽1 – 157.32
UZS – -0,81%
Qidirish
O‘zbekiston 01/05/2025 Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida davlat rahbari hududdagi yangi sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm obyektlari, shuningdek transport infratuzilmasi va shaharsozlik sohalarida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Prezident bir qator boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, Prezident rahbarligida viloyatni har tomonlama rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinadigan yig‘ilish o‘tkazilishi ham mo‘ljallangan.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling