Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda bo‘lib o‘tayotgan COP29 sammiti doirasida bir qator norasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
COP29 kabi global sammitlar jahon yetakchilarining uchrashuv va muzokaralari uchun muhim platforma hisoblanadi, dedi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokuda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Key Starmer, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Ozarbayjon parlamenti spikeri Sohiba G‘afarova va FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi.
Yaqin ikki kun ichida O‘zbekiston Prezidenti o‘ndan ortiq muhim uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
#Shavkat Mirziyoyev